date

Qurilishga eng ko‘p sarf qilingan hududlar ma’lum qilindi

Qurilishga eng ko‘p sarf qilingan hududlar ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi 2025-yilning yanvar–avgust oylarida mamlakat bo‘ylab amalga oshirilgan qurilish ishlariga oid yangilangan ma’lumotlarni e’lon qildi. Tahlillarga ko‘ra, joriy yilning ilk sakkiz oyida umumiy 188,5 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 11,5 foizga ko‘pdir.

Ma’lumotlarga qaraganda, qurilishga eng katta sarf-xarajatlar poytaxt hissasiga to‘g‘ri kelgan — Toshkent shahrida 56,2 trln so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan. Bu bilan poytaxt qurilish faolligi bo‘yicha mamlakat bo‘yicha mutlaq yetakchi bo‘lib turibdi.

Shu bilan birga, eng past ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida qayd etilgan — bu yerda barcha qurilish ishlarining umumiy qiymati atigi 3,6 trln so‘mni tashkil etgan.

Hududlar kesimidagi natijalar quyidagicha taqsimlangan:

Toshkent viloyati — 21,4 trln so‘m

Buxoro viloyati — 12 trln so‘m

Samarqand viloyati — 11,5 trln so‘m

Farg‘ona viloyati — 11,5 trln so‘m

Qashqadaryo viloyati — 10,7 trln so‘m

Surxondaryo viloyati — 9,5 trln so‘m

Namangan viloyati — 8,8 trln so‘m

Andijon viloyati — 8,6 trln so‘m

Navoiy viloyati — 7,9 trln so‘m

Xorazm viloyati — 7,8 trln so‘m

Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 6,4 trln so‘m

Jizzax viloyati — 5,1 trln so‘m

Mutaxassislar ta’kidlashicha, qurilish sohasidagi o‘sish mamlakatdagi iqtisodiy faollikning yuqori darajada ekanligini ko‘rsatadi. Toshkent va yirik sanoat markazlarida yirik infratuzilma loyihalarining amalga oshirilishi ushbu o‘sishga asosiy ta’sir ko‘rsatgan.

Shu bilan birga, qurilish ishlarining faol olib borilishi bilan bir qatorda, hujjatlashtirish va litsenziyalash bilan bog‘liq muammolar ham qayd etilgan. Avvalroq poytaxtda hujjatlar to‘liq rasmiylashtirilmagan 59 ta obyektda qurilish ishlari to‘xtatilgani haqida ma’lum qilingan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qurilishga eng ko‘p sarf qilingan hududlar ma’lum qilindi