O‘zbekistonda sport bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar soni rekord darajada oshdi

1 daqiqa o'qish931
O‘zbekistonda sport bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar soni rekord darajada oshdi

O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarziga qiziqish yil sayin ortayotgani yana bir bor tasdiqlandi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–avgust oylarida mamlakat aholisining jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish darajasi sezilarli oshgan, deb xabar berdi idoraviy manbalar.

Ma’lumotlarga qaraganda, joriy yilda sport bilan shug‘ullanuvchi erkaklar ulushi 71,9 foizni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 0,2 foizga yuqori. Ayollar o‘rtasida ham ijobiy dinamika kuzatilmoqda — ularning 64,1 foizi jismoniy mashg‘ulotlar bilan muntazam shug‘ullanishni odat qilgan.

Qo‘mita ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi besh yil ichida faol aholi ulushi izchil o‘sib bormoqda.
Erkaklar kesimidagi statistika quyidagicha:

  • 2021 yil — 66%
  • 2022 yil — 67,3%
  • 2023 yil — 68,8%
  • 2024 yil — 71,7%
  • 2025 yil — 71,9%

Ayollar orasidagi ko‘rsatkichlar ham barqaror o‘sishni namoyon etmoqda:

  • 2021 yil — 55,7%
  • 2022 yil — 57,3%
  • 2023 yil — 58,5%
  • 2024 yil — 63,7%
  • 2025 yil — 64,1%

Mutasaddilarning fikricha, bu o‘sish nafaqat sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish ishlari samarasi, balki hududlarda yangi sport infratuzilmalari barpo etilayotgani bilan ham bog‘liq. Oxirgi yillarda deyarli har bir tumanda sport maydonlari, fitnes markazlari va ochiq havodagi trenajyorlar soni ko‘paydi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?