Poytaxtda yuk mashinalari uchun kirish cheklovi joriy etildi

1 daqiqa o'qish476
Poytaxtda yuk mashinalari uchun kirish cheklovi joriy etildi

Toshkentda yo‘llardagi tirbandlikni kamaytirish maqsadida yuk avtomobillarining harakatiga yangi cheklov joriy etilmoqda. Endi ertalabki va kechki tig‘iz soatlarda poytaxtga kelgan yuk mashinalari shaharga darhol kira olmaydi. Bu haqda ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov “Menimcha” dasturida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror shahar markazidagi harakatni yengillashtirish va ekologik holatni yaxshilash maqsadida qabul qilingan.

Ma’lum qilinishicha, yuk mashinalari uchun Toshkentga kirish nuqtalarida 5 ta maxsus avtoturargoh qurish rejalashtirilgan. Ushbu joylar “Erkin”, “Sharq”, “Bektemir”, “Uch qahramon” va “Turbanov” postlari hududida joylashadi. Shuningdek, ularda avtovokzal va kempinglar ham bo‘ladi. Ayrim obyektlar uchun 7,7 gektar, 4,25 gektar va 8 gektar yer maydonlari ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Eng band nuqta hisoblangan “Erkin” postidan kuniga 40–50 minggacha avtomobil o‘tishi qayd etilgan. Shu sababli, ushbu hududda nazorat va tartib kuchaytiriladi.

Aziz Toshpo‘latov ta’kidlaganidek, yangi tizimga ko‘ra, agar yuk mashinasi Samarqanddan kelib, Toshkentga ertalab soat 8:00 atrofida yetib kelsa, u yerdagi avtoturargohda 3 soat kutib turadi. Faqat belgilangan vaqt o‘tgach, shaharga kirishga ruxsat beriladi.

“Shu orqali biz ertalabki va kechki tirband vaqtlarda harakatni cheklaymiz. Qolgan paytlarda esa mikroavtobuslar va yengil transport vositalari bemalol yuradi”, — dedi vazir.

Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi — poytaxtdagi yo‘l yuklamasini qisqartirish, harakat xavfsizligini oshirish va fuqarolar uchun qulay transport muhitini yaratish.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?