20 oktyabr kuni Toshkent shahridagi mashhur «Lali» restoranida O‘zbekiston milliy oshxonalariga bag‘ishlangan gastronomik tadbir — «Palov festivali» boshlandi. Novikov Group va Family Garden ittifoqi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan festival bir vaqtning o‘zida Toshkent, Sochi, Krasnaya Polyana va Voronej shaharlarida bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirning asosiy maqsadi — O‘zbekiston oshpazlik an’analarini targ‘ib qilish, ayniqsa, YUNЕSKO nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan palovni keng ommaga tanitishdan iborat.
Brend-oshpaz Ruslan Italmazov va uning jamoasi festival mehmonlariga 7 xil asl an’anaviy palov turini taklif etmoqda. Ular orasida quyidagilar bor:
- Choyxona oshi — dumba yog‘ida qo‘y go‘shti va zirk bilan, gurob bilan tortiladi.
- Farg‘onacha palov — qizil guruch, kavartak, achchiq sho‘rva va yashil turp bilan.
- Kabuli palovi — mayiz va no‘xat qo‘shilgan, «shakarob» bilan birga.
- Samarqand uy oshi — behi va mol go‘shtidan, ayron bilan xizmatda.
- Va yana boshqalar.
Festival 2025 yil 9 noyabrgacha barcha «Lali» restoranlarida davom etadi. Mehmonlar O‘zbekistonning turli hududlariga xos palovlar ta’mi bilan tanishish, milliy taomlarimizga yangicha nigoh bilan qarash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!