Toshkentda uy narxi va ijara haqi yana oshib boryapti

1 daqiqa o'qish2.8K
Toshkentda uy narxi va ijara haqi yana oshib boryapti

Toshkentda va mamlakatning boshqa hududlarida uy-joy bozoridagi faollik ortib, narxlar yana o‘sish tendensiyasini ko‘rsatmoqda. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumoticha, 2025 yil sentyabr oyi yakuniga ko‘ra respublika bo‘ylab uy-joy oldi-sotdi shartnomalari soni 24,2 mingtani tashkil etdi — bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 14 foizga ko‘p.

Eng katta o‘sish Sirdaryo, Buxoro va Toshkent shahrida qayd etilgan. Uchinchi chorakda jami 75,5 mingta bitim rasmiylashtirilib, bu ham o‘tgan yilga nisbatan sezilarli o‘sishni ko‘rsatdi.

Ikkilamchi bozorda narxlar sentyabr oyida o‘rtacha 0,6 foizga ko‘tarilgan. Yillik hisobda bu ko‘rsatkich 4,6 foizni tashkil etdi. Eng tez qimmatlashgan hududlar — Surxondaryo, Sirdaryo va Jizzax. Shu bilan birga, Toshkentda ayrim tumanlarda narxlar biroz pasaygan — ayniqsa, Yashnobod va Chilonzorda 4 foiz atrofida.

Birlamchi bozorda esa aksincha, o‘sish qayd etilgan — o‘rtacha 3 foiz. Eng katta o‘sish Mirobod, Bektemir va Yakkasaroy tumanlarida kuzatilgan.

Ijara bozori ham shundan orqada qolmayapti: sentyabr oyida poytaxtda bir kvadrat metr uchun o‘rtacha ijara haqi 8,5 dollarga yetgan. Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlari an’anaviy ravishda eng qimmat hududlar hisoblanadi.

O‘tgan yilga nisbatan ijara haqi o‘rtacha 1,4 foizga oshgan, ayrim tumanlarda — xususan, Yunusobod va Olmazorda — bu ko‘rsatkich 4,4 foizgacha yetib borgan.

Mutaxassislar fikricha, uy-joy bozoridagi bu tendensiya aholining investitsiyaga qiziqishi yuqori ekanini va ko‘chmas mulk sektori hali ham barqaror foyda manbai bo‘lib qolishayotganini ko‘rsatadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?