5 may endi “Kasb va mehnat kuni” sifatida nishonlanadi

1 daqiqa o'qish337
5 may endi “Kasb va mehnat kuni” sifatida nishonlanadi

O‘zbekistonda 5 may kuni endidan boshlab “Kasb va mehnat kuni” sifatida nishonlanadi.

Bu haqda davlat rahbarining “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida qayd etilgan. Hujjatga ko‘ra, yangi bayram doirasida yoshlar o‘rtasida kasblar nufuzini oshirish, mehnatga rag‘bat uyg‘otish va kasbiy ta’limni ommalashtirish bo‘yicha turli tadbirlar o‘tkaziladi.

Qarorda kasbiy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha bir qator muhim maqsadlar belgilandi. Xususan, xalqaro va qo‘shma ta’lim dasturlariga ega texnikumlar soni 250 taga yetkaziladi. Shu bilan birga, 9-sinf bitiruvchilarining kasbiy ta’lim bilan qamrovi amaldagi 29 foizdan 50 foizgacha oshiriladi.

Pedagoglar uchun ham katta imkoniyatlar yaratiladi — ularning xorijda malaka oshirish va stajirovka dasturlarida ishtirok etish soni 100 nafardan 2 500 nafargacha ko‘paytiriladi.

Shuningdek, maktabning 10-sinf o‘quvchilariga o‘z o‘qishini texnikumlarga ko‘chirish imkoni beriladi. Bu esa yoshlarga ertaroq amaliy kasb egallash imkonini yaratadi.

2026 yildan boshlab “Kasb va mehnat kuni” har yili keng nishonlanadi. Mutaxassislar fikricha, bu tashabbus yoshlar orasida kasb tanlashga qiziqishni kuchaytiradi va mehnatga bo‘lgan munosabatni yangi bosqichga olib chiqadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?