date

Xitoy Buxoro viloyatida loyihalarni amalga oshirmoqda


Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Joriy yilning 31-oktabr kuni energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov "CNPC" kompaniyasi raisi Day Houlyan bilan uchrashdi.

Uchrashuvda neft-gaz sohasiga oid korxonalar rahbarlari ham ishtirok etdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi izchil rivojlanib borayotgan hamkorlik aloqalari muhokama qilindi.

Bu aloqalar turli sohalarni qamrab olib, strategik darajaga chiqayotgani qayd etildi. Joriy yilning 2-sentabr kuni Pekinda Shavkat Mirziyoyev va "CNPC" kompaniyasi raisi o‘rtasida o‘tgan uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik yangi bosqichga olib chiqilgani ta’kidlandi.

Bugungi kunda bir qator qo‘shma loyihalar, jumladan, "Markaziy Osiyo – Xitoy" gaz quvuri qurilishi, Buxoro viloyatidagi gaz-kondensat konlarini o‘zlashtirish, yer osti gaz saqlash ombori qurilishi, yangi konlarni o‘zlashtirish hamda neft-gaz sohasi uchun malakali kadrlarni tayyorlash loyihalari muhokama qilinmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Xitoy Buxoro viloyatida loyihalarni amalga oshirmoqda