date

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni O‘zbekistonga taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni O‘zbekistonga taklif qildi
Avvalroq xabar berilganidek, 6-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQShning Vashington shahriga amalga oshirgan ishchi tashrifi doirasida Oq uyda Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Donald Tramp O‘zbekiston rahbari tomonidan AQSh hukumati vakillari, yirik amerikalik kompaniyalar va moliya institutlari rahbarlari bilan kechgan uchrashuv va muzokaralar natijalarini samarali deb baholagan.

Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan qulay vaqt doirasida kelishga taklif qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni O‘zbekistonga taklif qildi