Nega qizlar oliy ta’limga yigitlardan ko‘proq kirmoqda?

1 daqiqa o'qish209
Nega qizlar oliy ta’limga yigitlardan ko‘proq kirmoqda?

Nega qizlar oliy ta’limga yigitlardan ko‘proq kirmoqda?
O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimida talabalar soni keskin ortib, ayniqsa qizlar soni bo‘yicha yangi rekord qayd etildi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilida mamlakatdagi oliy ta’lim muassasalariga 381,7 ming nafar abituriyent qabul qilingan. Bu ko‘rsatkich 2020/2021 o‘quv yiliga nisbatan qariyb 2,2 barobarga o‘sgan.

Eng qizig‘i, yangi qabul qilingan talabalarning aksariyati — qizlar. Jami 196,7 ming nafar qiz va 185 ming nafar yigit oliy ta’lim bosqichini boshlagan. Demak, qizlar so‘nggi yillarda ta’limdagi yetakchilikni qo‘lga olgan.

Hududlar kesimida eng ko‘p talaba qabul qilingan mintaqalar sirasida Toshkent shahri mutlaq yetakchi — 155,2 ming nafar talabani o‘z bag‘riga olgan. Undan keyin Buxoro viloyati (31,5 ming), Toshkent viloyati (22,7 ming) va Samarqand viloyati (21,2 ming) keladi.

Qolgan hududlarda ham o‘sish kuzatilgan: Qashqadaryoda — 28,8 ming, Farg‘onada — 20,7 ming, Surxondaryoda — 16,8 ming, Namanganda — 16,1 ming, Xorazmda — 16,8 ming, Qoraqalpog‘istonda — 18,6 ming talaba qabul qilingan. Eng kam ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida — 5,3 ming.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?