
Poytaxtda havo sifati bo‘yicha navbatdagi monitoring yakuni ma’lum qilindi. 2025 yil 27 noyabr kuni soat 09:00 da avtomatlashtirilgan stansiyalar qayd etgan ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent osmonidagi holat quyidagicha shakllandi:
PM10 yirik bo‘lmagan zarrachalar miqdori 193,2 mkg/m³ ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich belgilangan chegara me’yoridan — 300 mkg/m³ — oshmagani qayd etildi.
PM2,5 o‘ta mayda zarrachalar konsentratsiyasi esa 121,1 mkg/m³ ga yetdi. Bu amaldagidan 2,02 barobar yuqori bo‘lib, ruxsat etilgan miqdor — 60 mkg/m³ — dan keskin oshganini ko‘rsatadi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, ko‘rsatkichlar o‘sishi faqatgina ifloslanish ortishi bilan bog‘liq emas. Haroratning keskin o‘zgarishi inversiya holatini yuzaga keltirgan. Bu jarayon havodagi mayda zarrachalarni past qatlamda ushlab qoladi va ularning to‘planishiga sabab bo‘ladi.
Shu bois, ayrim parametrlar pasaygani kuzatilsa-da, PM2,5 bo‘yicha ko‘rsatkichlar hali ham xavotirli darajada qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.