Aliment to‘lovchilariga chet elga chiqishga ruxsat berildi

1 daqiqa o'qish1.2K
Aliment to‘lovchilariga chet elga chiqishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda aliment to‘lovchilar uchun muhim yangilik qabul qilindi — endi ular sug‘urta polisi orqali uch oygacha chet elga chiqishi mumkin. Bu Prezidentga bog‘liq qaror emas, balki Bosh prokuratura, IIV va DXXning qo‘shma qarori bilan amaldagi nizomga kiritilgan o‘zgarishdir.

Yangi tartibga ko‘ra, aliment majburiyati bo‘lgan shaxs sug‘urta polisini ilova qilgan holda davlat ijrochisiga murojaat etsa, uning xorijga chiqishiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklov to‘xtatib turiladi. Polis faqat litsenziyaga ega sug‘urtalovchilar tomonidan beriladi va uning haqiqiyligi MIB axborot tizimi orqali avtomatik tekshiriladi.

Sug‘urta mexanizmidan maqsad — qarzdor chet elga chiqib, qaytmay qolsa ham, aliment to‘lovlari to‘liq qoplanishiga kafolat yaratish. Fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash shartlari sug‘urtalovchi va MIB o‘rtasidagi bosh kelishuvda belgilanadi.

26 noyabrdan kuchga kirgan ushbu qoidaga qadar cheklovni vaqtincha olish faqat ikki holatda mumkin edi:
— davolanish uchun xorijga chiqish zarur bo‘lganda;
— Prezident, Vazirlar Mahkamasi yoki parlament qaroriga binoan rasmiy delegatsiya tarkibiga kiritilganda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?