Hafta boshida O‘zbekistonda keskin ob-havo o‘zgarishi kutilmoqda

1 daqiqa o'qish11.7K
Hafta boshida O‘zbekistonda keskin ob-havo o‘zgarishi kutilmoqda

O‘zgidromet 8—11 dekabr uchun ob-havo prognozi bilan bo‘lishdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hafta boshida mamlakatning turli hududlarida nomutanosib, tez o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda asosan quruq ob-havo hukm surib, shamol ba’zi kunlari 20–22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Tungi harorat 5–10 daraja sovuqqacha tushsa, kunduzi 0–8 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiyda 8–9 dekabr kunlari yomg‘ir ehtimoli bor. Keyingi kunlarda havo yamg‘irsiz. Shamolning kuchayishi ehtimoli saqlanib qoladi. Harorat tunlari 5–10 daraja sovuq, kunduzi 3–13 daraja iliq atrofida kechadi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzaxda haftaning birinchi yarmida yomg‘ir kuzatilishi mumkin. 10–11 dekabr kuni havo ochilib, lekin ba’zi hududlarga tuman tushishi mumkin. Kechki vaqtlarda temperatura 5 daraja sovuqqacha tushishi, kunduzi esa 3–10 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Qashqadaryo va Surxondaryoda ham 8–9 dekabrda qisqa muddatli yomg‘ir ehtimoli bor. Kunduzi 12–17 daraja iliq bo‘lsa, ba’zi tunlarda 2 daraja sovuqqacha pasayishi mumkin.

Farg‘ona vodiysida (Andijon, Namangan, Farg‘ona) 8–9 dekabrda yomg‘ir kutilmoqda. 10–11 dekabrda ob-havo barqaror, lekin tuman tushishi ehtimoli bor. Harorat tunlari 0–5 daraja sovuq, kunduzi 3–11 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 8–10 dekabr kunlari yomg‘ir va qor aralash yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. 11 dekabr kuni ob-havo yaxshilanadi. Tungi harorat 5–10 daraja sovuq, kunduzi esa 0–2 daraja iliq bo‘lishi aytiladi.

Sinoptiklar aholini kuchli shamol, tuman va ayrim hududlardagi yog‘ingarchilikka tayyor bo‘lishga chaqirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?