
Bugun, 7 dekabr kuni ertalab soat 09:00 da o‘lchangan ko‘rsatkichlarga ko‘ra, Toshkent shahrida atmosfera havosi sifati ancha yaxshilangani kuzatildi. Bu haqda O‘zgidrometning rasmiy axborotida ma’lum qilindi.
Atmosfera havosi ifloslanishini kuzatuvchi avtomatik monitoring stansiyalari qayd etgan ma’lumotlarga ko‘ra, poytaxt osmonidagi PM10 turidagi mayda dispersli zarrachalar miqdori 45,1 mkg/m³ ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich ruxsat etilgan me’yor — 300 mkg/m³ dan bir necha barobar past ekani bilan aholi uchun xavfsiz hisoblanadi.
Shuningdek, havodagi yana bir muhim ko‘rsatkich — PM2.5 zarrachalar konsentratsiyasi 27,4 mkg/m³ ni tashkil qildi. Bu ham belgilangan me’yor — 60 mkg/m³ dan oshmagani bilan ijobiy holat sifatida qayd etildi.
E’tiborli tomoni, 4 dekabrda Toshkentda yomg‘ir yog‘ganiga qaramay, havo tozalanmagan, 5 dekabr kuni ertalab PM2.5 ko‘rsatkichi yana me’yordan yuqori qayd etilgan edi. Bugungi yaxshilanish esa atmosferadagi tabiiy aylanish va havo massalari almashinuvi bilan izohlanmoqda.
Poytaxtda havo sifati barqaror yaxshilanishi aholi salomatligi va ekologiya holati uchun muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.