Payme komissiyasi nega oshdi?

1 daqiqa o'qish529
Payme komissiyasi nega oshdi?

Payme ilovasi kartalar orasidagi P2P o‘tkazmalar uchun komissiya miqdorini yashirin ravishda oshirib, foydalanuvchilar orasida katta muhokamalarni keltirib chiqardi. Ilgarigi 1 foiz o‘rniga endi 1,1 foiz yechilayotgani aniq bo‘ldi. Qizig‘i shundaki, payme.uz saytida hamon eski — 1 foizlik tarif yozib turibdi.

Zamin.uz muxbiri masalaga oydinlik kiritish uchun Payme qo‘llab-quvvatlash xizmatidan ma’lumot oldi. O‘zini Karina deb tanishtirgan operator komissiya haqiqatan ham 4 dekabrdan oshganini tasdiqladi. Uning ta’kidiga ko‘ra, bu o‘zgarish ilovani yanada takomillashtirish maqsadida amalga oshirilgan.

Biroq eng qiziq nuqta — foydalanuvchilarga bu haqda hech qanday xabar berilmagani. Operator buni ofera shartlari bilan izohlab, komissiya to‘g‘risidagi ma’lumot faqat tranzaksiya vaqtida ko‘rsatilishini qayd etdi.

Shu bilan birga, ayrim Telegram kanallari Payme xodimlari bilan muloqotda komissiya miqdori aslida ikki oy avvalyoq oshirilganini bildirgan. Bu esa vaziyatga yanada ko‘proq savollarni qo‘shmoqda.

Payme tomonidan rasmiy tushuntirish berilmaguncha, foydalanuvchilar o‘rtasidagi norozilik va muhokamalar davom etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?