Toshkentda 2025-yilda minglab fuqarolar chiqindi yoqqanlik uchun jarimaga tortildi

Toshkentda 2025-yilda chiqindini yoqish va belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash bilan bog‘liq minglab holatlar aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llandi. Bu haqda poytaxt Ekologiya va iqlim o‘zgarishlari bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yil davomida belgilanmagan joylarga turli xildagi chiqindi tashlash bilan bog‘liq 2 744 ta huquqbuzarlik qayd etilgan. Qonunbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bo‘yicha bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, 2 750 ta holatda chiqindini yoqib, atmosfera havosini ifloslantirish aniqlangan va ularga nisbatan ham tegishli tartibda ma’muriy bayonnomalar tuzilgan. Bosh boshqarma xabariga ko‘ra, barcha holatlar ekologik va qonuniy nazorat ostida amalga oshirilgan.
Avvalroq O‘zbekistonda chiqindidan qarzdor 200 mingdan ortiq abonentning elektr to‘loviga cheklov qo‘yilgani xabar qilingandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!