O‘zbekistonda poyezdlar chiptalari narxlari 15 foizga oshirilmoqda

1 daqiqa o'qish1K
O‘zbekistonda poyezdlar chiptalari narxlari 15 foizga oshirilmoqda

O‘zbekistonda temiryo‘l orqali yo‘lovchi tashish xizmatlari narxlari oshirilmoqda. «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil 1-fevraldan boshlab ayrim poyezdlar, xususan, yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektro-poyezdlari uchun chipta narxlari 15 foizga qimmatlashadi.

Qayd etilishicha, mazkur qaror texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarining o‘sishi, ehtiyot qismlar qimmatlashuvi, elektr energiyasi va ekspluatatsiya sarflarining ortishi bilan bog‘liq. Shuningdek, harakat xavfsizligini to‘liq ta’minlash, xizmat sifatini xalqaro standartlar darajasida saqlab qolish hamda infratuzilmani muntazam yangilab borish zarurati ham inobatga olingan.

Yangilangan tariflarga ko‘ra, «Afrosiyob» poyezdlarida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha chipta narxlari belgilandi:

Toshkent — Buxoro
VIP: 1 138 000 so‘m
Biznes: 760 000 so‘m
Ekonom: 509 000 so‘m

Toshkent — Qarshi
VIP: 976 000 so‘m
Biznes: 642 000 so‘m
Ekonom: 429 000 so‘m

Toshkent — Samarqand
VIP: 709 000 so‘m
Biznes: 455 000 so‘m
Ekonom: 311 000 so‘m

Bundan tashqari, «Sharq», «Nasaf» va «O‘zbekiston» yo‘lovchi poyezdlari uchun ham chipta narxlari 15 foizga oshirilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?