Qirg‘izistondagi navbatdagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Qirg‘iz Respublikasi hududida bir kun ichida ikkinchi marta yer qimirladi va bu tebranish O‘zbekistonda ham sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 17-yanvar kuni soat 18:11 da Qirg‘izistonning Botken viloyati hududida zilzila qayd etilgan. Yer silkinishining epitsentri Toshkentdan taxminan 215 km janubi-sharqda joylashgan. Magnitudasi 3,3 bo‘lib, zilzila 7 km chuqurlikda sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston hududida zilzila kuchi So‘x tumanida 2 ball (22 km) va Rishton tumanida 2 ball (28 km) atrofida sezilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing