50 yillik mashinalarga cheklov O‘zbekistonda yangi tartib

1 daqiqa o'qish1.8K
50 yillik mashinalarga cheklov O‘zbekistonda yangi tartib
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • 2026 yil 1 fevraldan boshlab 50 yildan ortiq avval ishlab chiqarilgan transport vositalaridan foydalanish va ularni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlanadi.
  • Bunday avtomototransportlar davlat ro‘yxatidan chiqariladi.
  • Shuningdek, ayrim transport vositalari uchun alohida seriyali davlat raqamlari joriy etiladi, ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida zarur hujjatlarni idoralararo elektron hamkorlik orqali olish yo‘lga qo‘yiladi.

Hukumat yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirish va sohani raqamlashtirishga qaratilgan yangi qarorni qabul qildi Adliya vazirligi ma’lum qilishicha Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati axborot tizimidagi Ma’muriy amaliyot moduli tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan o‘zaro bog‘lanadi

Qarorga ko‘ra 2026 yil 1 fevraldan boshlab ayrim toifadagi transport vositalari uchun alohida seriyali davlat raqam belgilarini joriy etish ko‘zda tutilgan Xususan umumiy og‘irligi yuki bilan birga 44 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari kon shaxta va karerlarda ishlatiladigan maxsus texnikalar yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilar shuningdek antikvar avtomototransportlar alohida seriyada ro‘yxatdan o‘tkaziladi

Eng katta yangiliklardan biri esa 50 yildan ortiq avval ishlab chiqarilgan transport vositalariga taalluqli Endi bunday transportlardan foydalanish ham ularni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish ham taqiqlanadi Mazkur toifadagi avtomototransportlar davlat ro‘yxatidan chiqarilishi belgilangan

Shu bilan birga avtomototransport ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnomada mulkdor manzilini ko‘rsatish talabi bekor qilinadi Bu amaliyot hujjatbozlikni kamaytirishi va ma’lumotlar almashinuvini soddalashtirishi kutilmoqda

Yana bir muhim jihat transportni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda kerak bo‘ladigan ayrim hujjatlarni vakolatli organlardan idoralararo elektron hamkorlik orqali olish tizimi yo‘lga qo‘yiladi Jumladan
avtomototransport oldi sotdi shartnomasi
Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish AJ taqdim etadigan auksion bayonnomalari
davlat ulushi mavjud korxonalar ishlab chiqargan transportlar bo‘yicha elektron hisob ma’lumotlar
transport mulkdori haqidagi ma’lumotlar

Avvalroq O‘zbekistonda shahar transporti nogironligi bo‘lgan shaxslar va bolali yo‘lovchilar uchun moslashtirilishi haqida ham xabar qilingan edi Tashuvchilar salonlarni xavfsiz chiqib tushish imkonini beradigan tarzda jihozlashi shart bo‘lishi qayd etilgan

Shuningdek respublika shaharlarida 15 yildan ortiq ishlatilgan avtomobillarda taksichilik qilishni cheklash masalasi ham kun tartibida Yo‘nalishsiz taksilar texnik holati va jihozlari yo‘l harakati xavfsizligi talablariга to‘liq javob berishi shartligi yana bir bor eslatilmoqda

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?