O‘zbekiston poytaxtida qurilayotgan yangi ob’ektlar loyihasi hamda qurilish ishlarining borishi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan keng muhokama qilinmoqda.
Xususan, Facebook’dagi «Tashkent stroitsya» guruhi foydalanuvchilaridan biri metropolitenning yangi Sergeli yo‘nalishi er usti liniyasi qurilish ishlari tasvirlangan suratlarni taqdim etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkita tayanchlar o‘rnatib bo‘lingan, uchinchisi esa – betonlash ishlariga tayyor holatda.
Eslatib o‘tamiz, poytaxt metropolitenining Sergeli yo‘nalishi har yili kamida 14 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi.
Qurilishi 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan ushbu yo‘nalishning uzunligi 7,1 kilometrga teng. Loyiha umumiy qiymati 170,1 million dollarga baholangan. “Olmazor” bekatidan Sergeli tumanida quriladigan so‘nggi bekatgacha hammasi bo‘lib oltita bekatni qurish rejalashtirilgan.
Metro yangi yo‘nalishining so‘nggi bekati “Sputnik” mavzesida joylashadi. Bekatlarda eskalatorlar, poezdni kutishga mo‘ljallangan maydonchalar bo‘ladi. Qurilish ishlarida zamonaviy texnologiyalar qo‘llanmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi