Dam olish kunlari salqin, yomg‘ir va shamol kutilmoqda

1 daqiqa o'qish3K
Dam olish kunlari salqin, yomg‘ir va shamol kutilmoqda
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • 21 fevral kuni nam va salqin havo oqimi kirib kelib, ko‘pchilik hududlarda yomg‘ir, ayrim joylarda momaqaldiroq va tog‘oldi hamda tog‘li hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda.
  • Shu kuni shamol tezligi 7–12 m/s atrofida bo‘lib, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha, ba’zan 20–25 m/s gacha kuchayishi, harorat esa 9–14 daraja iliq bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo “iliqlik rejimi”dan sekin-asta chiqib, salqinroq tomonga burilishi kutilmoqda. “O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, 20 fevral kuni hali katta hududlarda quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi, ammo 21 fevral atrofida nam va salqin havo oqimi kirib kelishi prognoz qilingan.

20 fevral, juma kuni respublika hududining asosiy qismida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kun o‘rtasida havo harorati 20–25 daraja iliqqacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu ko‘rsatkich qishning oxirgi oyiga emas, ko‘proq bahorning o‘rtalariga xos. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, shuningdek, kechqurun yaqin Buxoro hamda Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublika shimolida esa harorat 8–13 daraja atrofida bo‘ladi.

21 fevral, shanba kuni Turkmaniston tomondan nam va salqin havo massalari kirib kelishi aytilmoqda. Shu kuni kechasi va ertalab Qoraqalpog‘iston hamda Xorazmdan tashqari ko‘pchilik hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Farg‘ona vodiysida esa yomg‘ir asosan ertalab va kunning birinchi yarmida kutilmoqda.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda 21 fevral kuni yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi, ba’zi nuqtalarda kuchayishi ehtimoli bor. Shu sabab sel-suv toshqin holatlari yuzaga kelishi mumkin. Shamol tezligi 7–12 m/s atrofida bo‘ladi, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha, ba’zan 20–25 m/s gacha kuchayishi ham ehtimoldan xoli emas.

21 fevral kuni kunduzi harorat me’yoriy qiymatlarga qadar pasayib, 9–14 daraja iliq atrofida bo‘lishi kutilmoqda. 22 fevral, yakshanba kuni esa respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat yana 15–18 daraja iliqqacha ko‘tarilishi prognoz qilingan.

Dam olish kunlari kechasi va ertalab ayrim joylarda tuman tushishi mumkin.

Toshkent shahrida 20 fevral kuni harorat 22–24 daraja iliq bo‘ladi. 21 fevral kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 11–13 daraja iliq atrofida saqlanadi. 22 fevral kuni yog‘ingarchilik prognoz qilinmagan, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3–5, kunduzi 14–16 daraja iliq bo‘ladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?