YEI O‘zbekiston kompaniyalariga sanksiya qo‘lladi

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan ikki yirik korxonaga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Gap paxta sellyulozasi ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Raw Materials Cellulose hamda Farg‘ona kimyo zavodi haqida ketmoqda. Farg'ona kimyo zavodini Rustam Mo'minov nazorat qiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur korxonalar ishlab chiqargan mahsulot Rossiyadagi "Perm", "Qozon" va "Tambov" porox tayyorlaydigan zavodlarga yetkazib berilgan. Ushbu xomashyo esa keyinchalik harbiy maqsadlarda qo‘llanilib, tayyorlangan porox Rossiya armiyasi ixtiyoriga yuborilgani aytilmoqda.
Yevropa Ittifoqi rasmiylari bu holatni jiddiy qoidabuzarlik sifatida baholab, cheklov choralarini qo‘llashga qaror qilgan. Sanksiyalar doirasida kompaniyalarning Yevropa bozoriga kirishi cheklanishi, moliyaviy operatsiyalari nazoratga olinishi va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari qisqartirilishi mumkin.
