
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi.
Ma’lum qilinishicha, Hojizodaev Sherzod Rafatovich respublika Markaziy banki raisi o‘rinbosari etib tayinlangan.
Hojizodaev 2010 yildan buyon «Trastbank» boshqaruvi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Sherzod Hojizodaev 1973 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek. 1996 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2001 yilda O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
1996—2006 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida turli lavozimlar;
2006—2008 yillarda «Asaka» banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari;
2008—2010 yillarda O‘zbekiston Markaziy banki Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshlig‘i;
2010—2017 yillarda «Trastbank» boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar