
Toshkent shahri Sergeli tumaniga yangi hokim tayinlandi. «Kun.uz» manbasi ma’lum qilishicha, Toshkent shahri hokimi o‘rinbosari Rahmonov Baxtiyor Sultonovich endilikda ushbu tuman hokimi sifatida ish boshlaydi.
Rahmonov Toshkent shahri hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.
Sergeli tumanining avvalgi hokimi Furqat Maqsudxo‘jaev qaysi ishga o‘tgani haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Biroz oldinroq Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Dilmurod Turdiev Rahmatjonovich Toshkent shahri Yashnobod tumaniga hokim bo‘lgani xabar qilingandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar