Toshkent viloyatida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin

10 avgust kuni O'zbekistonda havo harorati ko'tarilib, ayrim hududlarda 42 darajagacha yetadi. Kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyatining ayrim joylari va Toshkent shahrida qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi hamda momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Hududlarda shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, kunduzgi harorat 35–40 daraja atrofida bo'ladi. Tog'li hududlarda harorat 28–33 daraja oralig'ida bo'lib, ayrim joylarda yomg'ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
O‘zbekistonda bugun, 10 avgust kuni havo harorati yana yuqori ko‘rsatkichlarga ko‘tariladi. Ayrim hududlarda termometrlar 42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, kunduzi respublika hududining aksariyat qismida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Biroq Toshkent viloyatining ayrim joylarida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Hududlarda shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Kunduzgi havo harorati 35–40 daraja atrofida bo‘ladi. Shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida esa issiq yanada kuchayib, 41–42 darajagacha yetishi mumkin.
Poytaxtda ham ob-havo issiq bo‘lishi kutilmoqda. Toshkent shahrida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi ehtimoli bor. Shamol 5–10 m/s tezlikda esadi, havo harorati esa 37–39 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ob-havo biroz salqinroq kechadi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu hududlarda shamol 9–14 m/s gacha kuchayadi, harorat 28–33 daraja oralig‘ida bo‘ladi.






























Izohlar 0
…