Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonning bir hududida ham sezildi

Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonning bir hududida ham sezildi

15 iyul kuni Qirg‘iz Respublikasi hududida sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning ayrim hududlarida ham sezildi. Yer silkinishi Farg‘ona viloyatida 2–3 ball atrofida qayd etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila mahalliy vaqt bilan soat 11:16 da Qirg‘izistonning Botken viloyatida ro‘y bergan. Yer silkinishining magnitudasi 3,0 ballni, o‘choq chuqurligi esa 5 kilometrni tashkil etgan.

Mutaxassislar qayd etishicha, zilzila epitsentri Toshkent shahridan taxminan 265 kilometr janubi-sharqda joylashgan.

Yer silkinishi O‘zbekiston hududiga ham ta’sir ko‘rsatib, Farg‘ona tumanida 2–3 ball kuch bilan his qilingan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar