Latviya Tashqi ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va BMTTD “Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash: 2-bosqich” qo‘shma loyihasi ko‘magida O‘zbekiston mutaxassislari uchun davlat boshqaruvi va davlat xizmatini isloh qilish tajribasini o‘rganish va o‘zaro almashish, ayniqsa aloqador qonun loyihalarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish maqsadida 2017 yil 7-12 may kunlari Latviyaga o‘quv safari tashkil etildi, deb yozadi Kun.uz sayti.
Delegasiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot, Moliya, Adliya, Mehnat va Tashqi ishlar vazirliklari, Kasaba uyushmalari federasiyasi va O‘zbekistondagi BMTTD vakillaridan iborat.
Joriy yilning 9 may kuni O‘zbekiston delegasiyasi Latviya davlat kanselyariyasida bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlar davomida davlat boshqaruvi islohoti bo‘yicha strategik hujjatlar, "Davlat xizmati to‘g‘risida"gi Qonun, davlat boshqaruvida inson resurslari boshqaruv tizimi, professional davlat xizmatchilari va siyosiy tayinlagan xodimlar o‘rtasidagi farqlar, davlat xizmati faoliyatini tasniflash va baholash tizimi, davlat xizmatchilarini yollash va rag‘batlantirish masalalari, davlat xizmati sohasida yuqori darajadagi menejerlar dasturi va bu lavozimlar uchun markazlashtirilgan tanlovlar, shuningdek, davlat xizmatchilariga haq to‘lash masalalari muhokama qilindi.
Latviya davlat kanselyariyasi direktori janob Yanis Chiskovskis mehmonlarni qutlar ekan, o‘zaro tajriba almashish davlat xizmati tizimini takomillashtirishning optimal echimlarini topishga yordam beradi, deb umid bildirdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi boshlig‘i Ilhom Halpaev davlat xizmatini isloh qilish va boshqarish sohasida Latviya tajribasi qiziqarli ekanligini, O‘zbekiston delegasiyasi mamlakat uchun foydali bo‘lgan amaliy normalar va institusional mexanizmlarni o‘rganib olish istagi borligini ta’kidladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston delegasiyasi Latviya davlat boshqaruvi maktabi va Riga shahar Kengashida uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlar davomida Latviya davlat boshqaruvi, uning tuzilishi va faoliyati, davlat xizmatchilari tayyorlash tizimi, shuningdek, inson resurslari masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston delegasiyasining Latviyaga tashrifi davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi