
Ertaga 17 may kuni yurtimiz bo‘ylab yomg‘irli ob-havo kuzatiladi. Deyarli barcha hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Lekin havo harorati aslo sovimaydi. Marhamat, ob-havo ma’lumoti bilan tanishing.
Ertaga Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kunduzi +30... +32, kechasi esa +18... +20 daraja issiq bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
Farg‘ona, Namangan va Andijonda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat +27... +32, kechasi esa +17...+22 bo‘lishi kutilmoqda. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kunduzi +27... +32, kechasi esa +17... +22 bo‘lishi aytilmoqda. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kunduzi +25... +30, kechasi +12... +17 bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kunduzi +27... +32, kechasi +20... +25 bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kunduzi +30... +35, kechasi +20... +25 bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar