Toshkent kimyo-texnologiya institutiga yangi rektor tayinlandi

Toshkent kimyo-texnologiya institutiga yangi rektor tayinlandi
Shuhrat Mutalov Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori etib tayinlandi.

Mutalov bungacha mazkur institutda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.

Institut saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Shuhrat Mutalov texnika fanlari nomzodi, dosent. U shu institutning bitiruvchilaridan biri bo‘lib, bu yerda o‘qishni tamomlaganidan — 2001 yildan beri ishlab keladi.

Eslatib o‘tamiz, institutning avvalgi rektori Sadriddin Turobjonov bir oy avval Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori etib tayinlangan edi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar