
23-24 iyun kunlari O‘zbekiston bo‘ylab havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi.
Samarqand va Namangan viloyatlarining ayrim joylarida do‘l yog‘ishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazmda havo harorati kechasi 20-25 va kunduzi 31-36 daraja issiq bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida havo harorati kechasi 22-27 va kunduzi 33-38 darajani tashkil qiladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati kechasi 22-27 va kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati kechasi 25-30 daraja va kunduzi 23 iyun kuni 42 darajagacha isiydi, 24 iyunda 34-39 darajaga etadi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida harorat kechasi 20-25 daraja va kunduzi 23 iyun kuni 35-40, 24 iyunda 30-35 darajani tashkil etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar