«Xalqimiz tobora sifatli, zamonaviy avtomobillar xarid qilishi tendensiyasi kuzatilmoqda. «Spark» rusumi ham o‘zi aynan «Matiz» avtomobilini almashtirish uchun joriy etilgandi. Yaqin 1–2 yilda «Matiz»ni ishlab chiqarishdan butunlay voz kechmoqchimiz. Chunki, «Matiz» GM’ning zamonaviylik (karbyuratorli avtomobil bo‘lgani sababli — tahr.) shuningdek, xavfsizlik siyosatiga ham mos kelmaydi. Chunki yaqindan boshlab O‘zbekistonning ichki bozorida ishlab chiqarilayotgan barcha avtomobillar ham xavfsizlik yostiqchasi bilan ta’minlash nazarda tutilmoqda», dedi u.

Rustam Rajabov yaqin kelajakda «Lacetti» (Gentra) avtomobilini ham ishlab chiqarishni yakunlash mo‘ljallanayotganini malum qildi.
«Lacetti» (Gentra) ham eskirgan model hisoblanadi. Uning o‘rniga shu klassga oid mutlaqo yangi avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yamiz. Hozircha tijorat siri bo‘lganligi uchun, yangi modelning nomi va unga oid tafsilotlarni sizlar bilan o‘rtoqlasha olmayman», — dedi Rajabov jurnalistlar va blogerlar bilan o‘tkazilgan prezentasiya va matbuot anjumanida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar