Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 17 iyuldagi 508-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi to‘g‘risida yangilangan nizom, shuningdek, uning tuzilmasi tasdiqlandi. Bu haqda «Norma.uz» ga tayanib «Kun.uz» xabar bermoqda.
Davlat test markazining (Markaz) asosiy vazifalari belgilandi:
• ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda test sinovi orqali tanlab olishga oid davlat siyosatini amalga oshirish;
• ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda test sinovi natijalarining xolisonaligi, ishonchliligi va adolatliligini ta’minlash;
• test materiallari bankini shakllantirish, pedagogik o‘lchov vositalarini takomillashtirish;
• test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish, ushbu jarayonlarni muvofiqlashtirish, test materiallarini nashr qilish, test sinovi natijalarini tahlil qilish;
• chet tillarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini rivojlantirish.
Markaz direktoriga ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda test sinovlarining sifatli o‘tkazilishi uchun shaxsiy mas’uliyat yuklanadi. Markaz xodimlarining umumiy cheklangan soni 72 nafargacha qisqartirildi (ilgari – 89 nafar).
Belgilanishicha, Markaz Davlat byudjeti mablag‘lari, homiylik mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. Markaz Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy manzilida joylashtiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi