Birlashgan Millatlar Tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasining tuhfasi – Registon maydonining maketi topshirildi. Bu haqda Prezident rasmiy saytida xabar berildi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi va nutq so‘zladi.
Tadbirda BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Jen Bigl, Bosh Assambleya sessiyasiga kelgan diplomatlar, BMT axborot markazi xodimlari qatnashdi.
Insoniyat sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lgan mamlakatimizda ilm-fan, madaniyat, savdo, me’morlik, hunarmandlik azaldan rivojlangan. Buyuk ipak yo‘lining markazida joylashgan Samarqandda turli o‘lkalardan kelgan insonlar ahil-inoq yashagan. Registon esa ana shunday qadimiy va umumbashariy shaharning betakror ramziga aylangan. Majmua 2001 yilda YuNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Registon bugungi kunda ham dunyo sayyohlarini o‘ziga tortmoqda. Bu yerda o‘tkaziladigan «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali uning dovrug‘i va xalqlar do‘stligidagi ahamiyatini yanada oshirmoqda.
Registon maydonining maketi yurtimizning qo‘li gul usta hunarmandlari tomonidan yasalgan bo‘lib, qimmatbaho metall va go‘zal milliy naqshlar bilan bezatilgan.
O‘zbekistonning tashrif qog‘ozi bo‘lmish ushbu eksponatning BMT shtab-kvartirasining eng gavjum joylaridan biriga, BMT Xavfsizlik kengashi va Bosh Assambleya zallari o‘rtasidagi foyega o‘rnatilganida o‘ziga xos chuqur ramziy ma’no bor, dedi davlatimiz rahbari.
BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Jen Bigl shunday go‘zal va teran mazmunga ega tuhfa uchun Prezidentimizga chuqur minnatdorlik bildirdi.
Marosim BMT kanallari orqali efirga uzatildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi