
Toshkent viloyati tarkibidagi shaharlar soni 7, tumanlar soni 15 taga yetdi. Bu Prezidentning 3 noyabrdagi "Toshkent viloyati tarkibida Toshkent tumani, shuningdek viloyatga bo‘ysunuvchi Yangiyo‘l, Ohangaron va Nurafshon shahar hokimliklarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida nazarda tutilgan, deb yozadi "Xalq so‘zi".
Hujjat matni O‘zbekiston Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga joylashtirilgan.
Bungacha hududda 14 tuman (Bo‘stonliq, Bekobod, Bo‘ka, Piskent, Parkent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq, Quyi Chirchiq, Chinoz, Yangiyo‘l, Oqqo‘rg‘on, Ohangaron, Qibray, Zangiota), 4 shahar (Angren, Bekobod, Olmaliq, Chirchiq) bo‘lgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing