
Tayinlovlar natijasida bitta vazir o‘rinbosari va 4 ta yangi boshqarma boshlig‘i o‘z vazifalarini bajarishga kirishdilar, deb yozmoqda Sof.uz sayti.
Podpolkovnik Baltaniyazov Rustem Toxtarbayevich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshladi.
Polkovnik Atabayev Muhammadjon Amangaldiyevich – Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, Podpolkovnik Safarov Erkin Nasilloyevich – Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida, Podpolkovnik Zubaydullayev Mirzoxon Fayozovich esa – Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida o‘z ish faoliyatlarni boshlashdi.
Bundan tashqari Podpolkovnik Saidxo‘jayev Azizxon Sobirovich – Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga o‘tdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar