
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida savollar sonini qisqartirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda bloger Xushnudbek Xudayberdiyev Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Bitta fan blokidagi savollar soni 36 tadan 30 taga tushirilishi rejalashtirilmoqda, deb yozadi bloger, ammo bu tasdiqlanganicha yo‘q.
Loyihaga ko‘ra, 3 ta fandan test topshirganlar 90 ta savolga 2 soat-u 40 daqiqa ichida, 2 ta fandan topshiradiganlar esa 60 ta savolga 1 soat-u 40 daqiqa ichida javob berishi kerak bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar