12:17 / 22.02.2018
5 329

O‘zbekiston va Tojikiston chegaralaridagi devor buzib tashlandi

O‘zbekiston va Tojikiston chegaralaridagi devor buzib tashlandi
O‘zbekistonning Samarqand viloyati bilan Tojikistonning So‘g‘d viloyatini bog‘lab turuvchi “Sarazm-Jartepa” nazorat-punktidagi katta devor buzib tashlandi, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”.

ca-news.orgning yozishicha, devorni buzish marosimida har ikki davlat chegarachilari delegatsiyalari ishtirok etdi. Ikki davlat sarhadidagi mazkur to‘siq 2010 yilda qurilgan bo‘lib, uning balandligi 3 metr va uzunligi 10 metrga teng edi.

Tojikiston davlat hokimiyati vakillarining qayd etishicha, mazkur punktda terminal, mehmonxona va avtoturargoh barpo qilinadi.

Panjikent tumani Sarazm qishlog‘ida yashovchi Osim Jamolovning aytishicha, mahalliy aholi chegaradagi o‘zgarishlarni bir-biriga qo‘shni ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar yanada yaxshilanib borayotganining yana bir tasdig‘i deb biladi.

Tojikistonlik jurnalist Shohin Ravshan esa ayni paytda Panjikentda Navro‘z bayramiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilayotganini ta’kidlar ekan, bayram tadbirlarida O‘zbekistondan delegatsiya tashrif buyurishi ham kutilayotganini e’tirof etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston va Tojikiston chegaralaridagi devor buzib tashlandi