
Foto: «Sputnik»
O‘zbekistonga sayyohlar oqimi ko‘payib bormoqda. Joriy yilning yanvar-fevral oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan mamlakatga tashrif buyuruvchilar soni 65 foizga ko‘paydi, deb xabar berdi «Sputnik» nashri.
Turistlar oqimi yiliga 30 foizga o‘sdi. 2017 yilda mamlakatga 3 million sayyoh tashrif buyurgan bo‘lib, bu 2016 yilga nisbatan 30 foizga ko‘pdir. Ularning 2 milliondan ortig‘i bizga qo‘shni davlatlar bo‘lsa, qolgan 120 ming nafari ruslardir. Agar ushbu o‘sish davom etsa, bu yil 4 million turist tashrif buyurishi kutilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, mamlakatda turist o‘rtacha 3 kun davomida sayohat qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar