4 157
Xorijdan kelgan mehmon vaqtinchalik propiska qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikka tortilmaydi
O‘zbekiston hukumatining 29 maydagi qarori bilan mamlakatga tashrif buyurgan chet el fuqarolarining vaqtinchalik propiska qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikka tortish bekor qilindi.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek MDHga a’zo davlatlar fuqarolarining, mustaqil sayohat qilayotgan chet elliklardan tashqari, vaqtinchalik propiska uchun javobgarligi taklif qiluvchi yoki qabul qiluvchi shaxslarga (turoperatorlar, mehmonxonalar va davolash muassasalari ma’muriyatlari hamda turar joy egalari) zimmasiga yuklatiladi. Avvallari vaqtinchalik propiska uchun javobgarlik chet el fuqarolarining zimmasiga yuklatilar edi. Qonunchilik buzilgan taqdirda, ular eng kam ish haqining 50 dan 100 barobarigacha miqdorda (8,6 dan 17,2 mln so‘mgacha yoki 1073−2146 AQSH dollari) jarimaga tortilar edi.
Mustaqil sayohat qilayotgan chet el fuqarosi (chodirlar lagerlari yoki moslashtirilgan transportda yashovchi) ro‘yxatdan o‘tmasa yoki turistik yig‘imni to‘lamasa, amalga oshirilmagan turistik to‘lovning 10 barobari miqdorida jarimaga tortiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
O‘zbekiston sobiq bosh prokurorining qidiruvdagi o‘g‘li Dubayda 7,9 mln dollarlik ko‘chmas mulkka egalik qiladi