00:09 / 15.06.2018
5 338

O‘zbekiston "dunyoning eng xavfsiz davlatlari" reytingida 5-o‘rinda

Ўзбекистон "дунёнинг энг хавфсиз давлатлари" рейтингида 5-ўринда
Gellap (Gallup) Xalqaro tadqiqot markazi xavfsizlik bo‘yicha o‘tkazgan navbatdagi so‘rovi natijalarini e’lon qildi.

Bu haqda xabar qilgan bbc.comga ko‘ra, “Global qonun va tartib” (Global Law and Order) so‘rovida qatnashgan shaxslardan tunda ko‘chada yurganda o‘zlarini xavfdan xoli his qilishlari yoki yo‘qligi hamda jinoyat qurboni bo‘lgan-bo‘lmaganliklari haqida so‘ralgan.

So‘rov natijalariga ko‘ra, Singapur dunyodagi eng xavfsiz davlatdir. Eng xavfli davlat esa, Venesuela ekanligi aniqlangan.

So‘rovda 142 davlat va hududda yashovchi 148 ming odam ishtirok etgan. Qatnashuvchilardan mahalliy politsiyaga bo‘lgan ishonch, tundagi xavfsizlik, o‘g‘rilik hamda oxirgi 12 oy ichida sodir bo‘lgan talonchilik haqida so‘ralgan.

O‘zbekiston dunyodagi eng xavfsiz 5-davlat deb topilgan. O‘zbekistondan oldingi o‘rinlarda Singapur, Norvegiya, Islandiya va Finlyandiya joy olgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston "dunyoning eng xavfsiz davlatlari" reytingida 5-o‘rinda