
Joriy yilning oktyabr oyiga qadar O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi xorijiy fuqarolarga turlicha vizalar taqdim etishni ko‘zda tutuvchi takliflar tayyorlanadi.
Masalan, “Buyuk Ipak yo‘li” bo‘yida joylashgan davlatlarning bir nechtasiga tashrif buyurish huquqini beruvchi Silk road viza rejimi, asli o‘zbekistonlik vatandoshlar va ularning yaqin qarindoshlari uchun Vatandosh vizasi taqdim etilishi mumkin.
4 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolagan hujjatga ko‘ra, mamlakatga yirik miqdordagi sarmoya olib kirishni ko‘zlayotgan sarmoyadorlarga Golden visa’ni 10 yil muddatga berish taklifi ham ko‘rib chiqilmoqda. Asli o‘zbekistonlik va ularning qarindoshlari bo‘lgan xorijiy shaxslarga 5 yil muddatga bir martalik viza berilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, shu hujjat bilan 101ta davlat fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz tashrif buyurish huquqiga ega bo‘lishdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar