Davlat test markazining 2018 yil 1 avgustdagi rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirish uchun ikki smenada tashkil etilgan test sinovlarida 23 ta oliy ta’lim muassasasining 154 ta ta’lim yo‘nalishida 58 ming 985 nafar abituriyent ishtirok etdi. Shulardan 1 393 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi, deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizomi asosida har bir abituriyentga tartib-qoidalar haqidagi «Eslatma» berilishiga qaramasdan, abituriyentlar tomonidan ularga rioya qilmaslik holatlari kuzatilmoqda.
Test sinovlariga kirishdan oldin xavfsizlikni ta’minlash, ichki tartib-qoidalarga rioya qilish choralarini ko‘rish maqsadida, Davlat test markazi va ichki ishlar xodimlari tomonidan har bir kirayotgan abituriyentlar metallodetektor yordamida ko‘rikdan o‘tkazildi.
Natijada, test sinovlari jarayonida tartib-qoidalarni buzganligi sababli 255 nafar abituriyent, shundan 179 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga uringanligi uchun, 76 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.
IIV keyingi test sinovlarida qatnashish uchun tashrif buyurayotgan abituriyentlardan belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilishni so‘rab qoladi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi