
Gidrometeorologiya xizmati markazi bergan ma’lumotga ko‘ra, ertaga, 20 avgust kuni mamlakat bo‘ylab quyidagicha ob-havo kuzatiladi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo harorati kechasi +18…+20, kunduzi +34…+36 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 10-15 m/sga yetadi.
Farg‘ona vodiysida havo biroz bulutli bo‘lib, kechasi +18…+23, kunduzi +32…+37 daraja bo‘lishi hamda 5-10 m/s tezlikda shamol esishi kutilmoqda.
Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi +18…+23, kunduzi +32…+37 daraja bo‘lib, havo o‘zgarib turadi, 12-17 m/s tezlikda shamol esadi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo harorati kechasi +18…+23, kunduzi +32…+37 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 15-20 m/sga yetadi.
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo harorati kechasi +20…+25, kunduzi +35…+40 darajagacha ko‘tariladi. 12-17 m/s tezlikda shamol esadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing