O‘zbekiston Respublikasi umumta’lim maktablarida yangi — 2018/19 o‘quv yili 5 sentyabr, chorshanbadan boshlanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov o‘zining Feysbukdagi sahifasida e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 28 dekabr kuni “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoni asosida Yangi yil, Navro‘z va Mustaqillik bayramlari arafasida ketma-ket 5 kunlik dam olish kunlari belgilangan edi.
Mustaqillik bayrami — 1 sentyabr arafasida dam olish quyidagicha bo‘ladi:
Haftada 5 kun ishlovchilarga (ketma-ket 5 kun dam olish):
31 avgust, juma – qo‘shimcha dam olish kuni;
1 sentyabr, shanba – Mustaqillik bayrami;
2 sentyabr, yakshanba – dam olish kuni;
3 sentyabr, dushanba – ko‘chirilgan dam olish kuni;
4 sentyabr, seshanba – ko‘chirilgan dam olish kuni.
Izoh: 8 va 15 sentyabr – shanba kunlari haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun rasman ish kuni bo‘ladi.
Haftada 6 kun ishlovchilarga (ketma-ket 3 kun dam olish):
31 avgust, juma – qo‘shimcha dam olish kuni;
1 sentyabr, shanba – Mustaqillik bayrami;
2 sentyabr, yakshanba – dam olish kuni;
3 sentyabr, dushanba – ish kuni;
4 sentyabr, seshanba – ish kuni.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi