09:30 / 21.08.2018
4 272

O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi o‘qildi

O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi o‘qildi
Bugun, 21-avgust mamlakatimizdagi 2000 ga yaqin jome’ masjidlarida Qurbon hayiti namozi o‘qildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ularda 15 milliondan ortiq yurtdoshlarimiz saodatli kun ibodatini ado etdi.

Qurbon hayiti ma’ruzalarida insonlarga mehr ko‘rsatish, ularning o‘y-tashvishlarini o‘rganib, yaxshilik qilish g‘oyat savobli tadbirligi, shu ma’noda xalqimiz saodatli turmushi yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar, ularning hayotdan rozi bo‘lib yashashi yo‘lidagi sa’y-harakatlar g‘oyat qadrli ekani aytildi.

Qurbon hayiti namozidan so‘ng hamyurtlarimiz yaqinlari holidan xabar olish, bir-birini qutlash uchun yo‘l oldi. Qurbonlik qilinayotgan xonadonlarga borildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi o‘qildi