
National Geographic Travelerʻda mashhur turistik yoʻnalishlar orasidan eng yaxshilari uchun ovoz berish jarayoni nihoyasiga yetdi. “Gastronomik turizm” nominatsiyasida Oʻzbekiston eng yaxshi turistik yoʻnalish deb tan olindi.
Onlayn ovoz berish 22 iyundan 12 oktyabrga qadar davom etdi va 25 asosiy nominatsiyani oʻz ichiga oldi.
“Gastronomik turizm” nominatsiyasida Oʻzbekiston yetakchilikni qoʻlga kiritdi - 34 foiz ishtirokchi mamlakatimiz uchun ovoz bergan. Ikkinchi oʻrinni 21 foiz ovoz bilan Italiya egalladi. Uchinchi oʻrin - 17 foiz ovoz bilan Ozarboyjonda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar