
BelaPAN tomonidan o‘tkazilgan milliy statistika organlari ma’lumoti tahliliga ko‘ra, to‘qqiz oy yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda narxlar 8,1%ga oshdi deb yozadi "Kun" nashri.
O‘zbekiston 2018 yil yanvar-sentyabr oylarida sobiq SSSR hududida iste’mol narxlari o‘sishi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Shu bilan birga, Ukraina (5,6%) ikkinchi, Tojikiston (3,8%) uchinchi o‘rindan joy oldi.
Belarus to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Estoniya (3,6%), Qozog‘iston (3,3%), Rossiya (2,5%), Latviya (2,4%), Litva (2%) va Gruziya (1%) keyingi pog‘onalardan o‘rin oldi.
Ozarboyjon (0,1%), Moldova (0,4%), Armaniston (0,8%) va Qirg‘izistonda (1,1%) narxlar pasaygan.
Turkmanistonda joriy yilning birinchi yarmi bo‘yicha ma’lumotlar e’lon qilindi (narxlar 8,9%ga ko‘tarildi). Ozarboyjon, Gruziya va Estoniya ko‘rsatkichlari BelaPAN tomonidan oylik ma’lumotlarga asoslangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing