12 noyabr, dushanba kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron internetni boshqarish bo‘yicha forumda «Kibermakonda ishonch va xavfsizlikka Parij chaqirig‘i»ni (Paris Call for Trust and Security in Cyberspace) taqdim etdi. U internetni tartibga solishni ta’minlashi lozim bo‘lgan memorandumdir, deb yozadi Kun.uz nashri.
Hujjat 51 mamlakat, bir necha yuzlab tijorat va notijorat tashkilotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi - jami 370dan ortiq imzo qo‘yildi. Bundan Fransiya tashqi ishlar vazirligi saytida e’lon qilingan hujjat darak bermoqda. Hujjatga qo‘shilgan mamlakatlar orasida O‘zbekiston ham bor.
Makronning ma’lum qilishicha, internetni tartibga solishda ikkita yondashuv bor: Kaliforniya, u to‘liq nazoratsizlikni nazarda tutadi va Xitoy, bunda davlat tarmoqni to‘liq nazorat qiladi. Fransiya prezidenti unisini ham, bunisini ham qo‘llab-quvvatlamaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, davlatlar fuqarolarni o‘z ma’lumotlaridan noto‘g‘ri foydalanish, shuningdek, zararli mahsulotlardan himoya qilishi kerak. Unga ko‘ra, hujjatni imzolaganlar soni ortib boradi.
Memorandumga global AT-gigantlardan - Microsoft, Google, Facebook, IBM, Oracle, Nokia va boshqalar qo‘shildi.
Memorandumga binoan, imzolovchilar foydalanuvchilarni zararli harakatlardan himoya qilish, internet resurslar mavjudligiga zarar yetkazadigan harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik, saylovlarga xorijiy aralashuvlar va intellektual mulkni o‘g‘irlashning oldini olish, shuningdek, tarmoqdagi davlat hamda nodavlat sub’ektlarni kiberhujumlardan himoya qilish majburiyatini oladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi