Germaniyaning «Bündnis Entwicklung Hilft» jamiyati insonlar tabiiy ofatlardan eng ko‘p talafot ko‘rishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar interaktiv xaritasini tuzishdi.
Professor Katrin Radtke (Rur universiteti) boshchiligidagi tadqiqotchilar 171 mamlakatga doir ma’lumotlarni tabiiy ofatlar statistikasi va mahalliy hukumatlarning favqulodda vaziyatlarga qay darajada shayligi nuqtai nazaridan o‘rganib chiqishdi.
Natijalar interaktiv xaritada besh rangda aksini topdi:
qizil: o‘ta yuqori xavf
pushti: yuqori xavf
yorqin pushti: o‘rtacha xavf
yorqin yashil: past darajali xavf
yashil: xavfsiz mamlakatlar
Foto: «Weltrisikobericht.de»
Sayyoramizdagi eng xavfli (qizil) joylar Tinch okeanidagi Vanuatu va Tonga orollari, shuningdek, Filippin ekan. Yer silkinishlari, to‘fonlar, ko‘chkilar, vulqon otilishi ehtimoli bu mamlakatlar xalqlarini doim sergaklikka chorlab turadi.
Shuningdek, «qizil hudud»ga Markaziy Amerika, G‘arbiy va Markaziy Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo kiritildi.
Tabiiy ofatlar eng kam xavf tug‘diruvchi (yashil) mamlakatlar — Saudiya Arabistoni, Qatar va Malta.
Markaziy Osiyo hududining katta qismi ushbu xaritada o‘rtacha va past darajali xavfli zonalar sifatida tasniflandi. Qozog‘iston mintaqadagi eng xavfsiz mamlakat, Tojikiston va Turkmaniston yorqin pushti rang hududga kiritildi. Ammo nemis mutaxassislari Qirg‘iziston va O‘zbekistonni pushti rang hududga qo‘shib qo‘yishdi — xavf yuqori...
Tadqiqotda qayd etilishicha, mamlakat xavfsizligida uning rivojlangan infratuzilmasi hal qiluvchi omilga aylanadi, yaxshi yo‘llar va aeroportlar bo‘lsagina qutqaruvchilar ko‘plab insonlarni xavfsiz hududlarga o‘z vaqtida ko‘chirishga ulguradilar. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Sharmandaga shahar keng