16:50 / 25.11.2018
5 542

Sayyohlar uchun Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz mamlakat

Sayyohlar uchun Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz mamlakat
Foto: «TheWorldNews»
O‘zbekiston xorijlik sayyohlar uchun Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz mamlakat ekan. Sayyohlar bu yurtda Yevropa ittifoqi mamlakatlaridagidek bexavotir yurishlari mumkin, deyishmoqda 2019 yil uchun risklar xaritasini tuzgan «International SOS» hamda «Control Risks» kompaniyalari mutaxassislari.

Foto: travelriskmap.com
Markaziy Osiyoning qolgan mamlakatlari, Afg‘onistonni istisno qilganda, «o‘rtacha risk darajasi»ga kiritildi. Xuddi shu toifa mamlakatlar qatorida, masalan, Rossiya, Hindiston, Turkiya va Isroil ham bor.

«Yuqori darajali risk» hududiga Tojikistonning Afg‘onistonga chegaradosh yerlari va Qirg‘iziston janubi kiritilgan.

Sayyohlik uchun eng xavfli mamlakatlar — Afg‘oniston, Iroq, Suriya va Yaman.

Eng xavfsiz mamlakatlar — Daniya, Islandiya, Lyuksemburg, Norvegiya, Sloveniya, Finlyandiya va Shveysariya.

«International SOS» sayyohlar xavfsizligini ta’minlash va ularga tibbiy yordam ko‘rsatuvchi dunyodagi eng yirik tashkilot bo‘lib, 92 mamlakatda faoliyat yuritadi. Tashkilotning yordam markazlariga kuniga 12 mingtagacha telefon qo‘ng‘iroqlari bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sayyohlar uchun Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz mamlakat