O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari hamda harbiy xizmatchilaridan tarkib topgan «Sharq yulduzi» terma jamoasi Moskvada bo‘lib o‘tgan «Mudofaa vazirining QVZ kubogi» xalqaro festivalida ishtirok etib, 2-o‘rinni egalladi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, harbiy QVZ o‘yinidagi g‘oliblikni Volsk shahridan bo‘lgan «Maxfiy qurol» ayollar jamoasi qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi o‘ringa uch jamoa — O‘zbekiston Mudofaa vazirligining «Sharq yulduzi» terma jamoasi, Krasnodarning «Top sekret» hamda Penzaning «Penzalik artilleriyachilar» jamoasi munosib deb topildi.
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Uchinchi o‘ringa Dalnevostok oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtining (Rossiya Federatsiyasi) «Ostorojno! DVOKU» jamoasi qo‘lga kiritdi.
Umumiy hisobda QVZ finalida sakkiz jamoa ishtirok etdi. G‘oliblarga sovrinni Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu topshirdi.
2 dekabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida faxrli o‘rinni qo‘lga kiritgan hamyurtlarimiz tantanali ravishda kutib olindi.
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Eslatib o‘tamiz, “Sharq yulduzi” terma jamoasi 2017 yilda Moskvada o‘tkazilgan «Hamdo‘stlik QVZ» o‘yinlarida birinchi marta ishtirok etib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. O‘shanda birinchi va ikkinchi o‘rinlar mezbon davlat jamoalariga nasib etgan.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi terma jamoasi 2018 yilda Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. O‘zbekiston QVZ Oliy ligasining bu yilgi finaliga yo‘llanma olgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi